UZ
Bron qilish

Buyuk britaniya

Universitet: Har qanday
Viza turi: Talaba
Xizmatlar: Viza, Universitet

Buyuk Britaniyada ta'lim bir necha o'n yillar davomida Yevropa va jahon reytingida yetakchilik qilmoqda. Bu yerda eng nufuzli va qadimiy universitetlardan biri — Oksford va Kembrij universitetlari joylashgan. Buyuk Britaniya ta'lim sifati bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. Har yili minglab xalqaro talabalar o'zining an'anaviy va sifatli ta'lim tizimi bilan mashhur bo'lgan ushbu davlatga ta'lim olish uchun tashrif buyuradilar. AQSh universitetlari bilan bir qatorda, ayni paytda Britaniya oliy o'quv yurtlari xorijiy talabalar orasida eng mashhur bo'lib hisoblanadi. Angliyada ta'limning asosiy xususiyatlaridan biri bu qadimiy an'ana va qoidalarga hurmat. Bu yaxshi ma'noda konformizm asrlar davomida eng samarali deb hisoblangan yaxshi tashkil etilgan tizimni qo'llab-quvvatlaydi. Buyuk Britaniyaning ta'lim tizimi o'z an'anaviy qadriyatlarini saqalash bilan birga, dunyodagi boshqa davlatlar ta'lim tizimi bilan raqobatbardoshlik saqlab kelmoqda.

Fikr-mulohaza