| Universitet: | Har qanday |
| Viza turi: | Talaba |
| Xizmatlar: | Viza, Universitet |
Bugungi kunda Germaniyada ta'lim sifati dunyodagi eng yuqori ko'rsatkichlarga egadir. Xususan, Germaniyaning eng qadimgi universiteti — Geidelberg 1386-yilda tashkil etilgan bo'lib, bu mamlakatning ta'lim tizimini shakllanishiga yetarli vaqt o'tganligidan dalolat beradi. Germaniya universitetlarida eng muhimi o'qish davridagi nazariy tayyorgarlik va amaliyotidir. Nemis diplomlari va sertifikatlari dunyo bo'yicha tan olingan va qadrli hisoblanadi. Shunday qilib, Germaniyada oliy ta'lim siz uchun eng katta milliy va xalqaro kompaniyalarining biriga siz uchun eshik ochishi mumkin. Mamlakatning yetakchi mutaxassisliklari texnik,boshqaruv va tabiiy fanlardir. Chet ellik talabalar Germaniyadagi 300 dan ortiq universitelardan birida ixtisosliklardan birini tanlashlari mumkin. Ta'lim yo'nalishini tanlashda qiyinchiliklarga duch kelmaysiz. Germaniyalik fuqarolari va chet ellik talabalar uchun talabalik to'lovi yiliga 300 yevrodan 1000 yevrogacha to'lanadi. Xorijiy talabaga turar joyi harajatlari o'rtacha yiiliga 8000 yevroga(tanlangan shaharga qarab)narxlanadi.Bundan tashqari Germaniyada ta'lim olish shartlari juda oddiy: abiturentlar uchun kirish imtihonlari yo'q, faqatgina DSH yoki TestDAF (yoki shunga o'xshash sertifikatlar) bo'lishi lozim. Bundan tashqari, nemis oliy o'quv yurtlarida ingliz tilida dasturlar mavjud, bu esa nemis kurslarini universitetda o'qish uchun talab qilinmaydi.